Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezident 2022-yil, 30-Iyun "Yoshlarning jismoniy va maʼnaviy kamolotida sportning o‘rni beqiyos ekani barchamizga yaxshi maʼlum. Mana, yaqinda To‘dako‘lda 327 mingdan ziyod yoshlarni qamrab olgan shaxmat turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Kelgusi yilda To‘dako‘lda dunyo standartlariga javob beradigan xalqaro shaxmat maktabini qurib, foydalanishga topshiramiz. Bu yerda jahonning eng mashhur grossmeysterlari kelib, bolalarimizga shaxmatning sir-asrorlarini o‘rgatadi." |
"Xalqaro maktabda Shaxmat olimpiadasi va Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari, universiadalar hamda boshqa musobaqalarda qatnashuvchi xalqaro darajadagi shaxmatchilar tayyorlanadi. Ularni o‘qitishga malakali mutaxassis-trenerlar, psixologlar va uslubchilar, shu jumladan, jahonning mashhur xalqaro grossmeysterlari jalb etiladi.
O‘quv-mashq jarayonlariga eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalar joriy etiladi. Bu yo‘l bilan shaxmatchilarni nazariy va texnik-taktik jihatdan tayyorlash sifati oshirib boriladi. Trenerlar hamda shaxmatchilarning kasb mahorati darajasini oshirish uchun tajriba almashish bo‘yicha xorijiy shaxmat maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlik qilinadi."